Bortida 122 yo‘lovchi bo‘lgan Indonesian Batik Air aviakompaniyasi samolyoti Indoneziyaning Makasar shahriga shoshilinch ravishda qo‘ndi, bunga aeroport xodimlariga portlash xavfi haqida xabar kelib tushgani sabab bo‘lgan.
“RIA Novosti” yozishicha, samolyot Indoneziyaning sharqiy Ambon orolidan mamlakat poytaxti Jakartaga uchayotgan bo‘lgan.
Mahalliy transport vazirligi matbuot kotibi ayni paytda aeroportga bunday axborot qayerdan kelib tushgani noaniq ekanligini aytdi.
Makasarga qo‘ngach, havo kemasi izolyatsiya qilinib, barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Biroq bortdan portlovchi qurilma topilmadi.
Izoh (0)