AQShning Kaliforniya shtatida pitssa yetkazib beruvchi robot ko‘prikdan sakrash bilan po‘pisa qilgan odamni qutqardi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kaliforniya politsiyasiga pichoq ko‘tarib olgan noma’lum erkak ko‘prikdan sakrash bilan tahdid qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Xavfsizlik maqsadida politsiyachilar muzokaralar uchun robotni yuborishga qaror qilgan.
Robot erkakka telefon va pitssa olib borgan. U audio va video yozib oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lgan, bu politsiyaga erkakning holatini baholash imkonini bergan.
Muzokaralar natijasida politsiya uni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan.
Izoh (0)