Rossiyalik musulmonlar “ko‘chma” masjid — statsionar masjid bo‘lmagan joyda namoz o‘qish imkonini beruvchi avtomobil uchun 850 ming rubl xayriya puli to‘pladi, deya xabar bermoqda “TASS”. Loyihaga HalalGuide rossiyalik musulmonlar navigatori jamoasi tashabbuskorlik qildi.
Hozircha masjid-avtomobilni Qozon ko‘chalari bo‘ylab ishga tushirishga hozirlik ko‘rishmoqda, loyiha yaratuvchilari esa u Moskvada ham joriy etilishi uchun poytaxt hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda.
G‘ildirakli masjid ichida tahoratxona, kichik ibodat zali, shuningdek halol taomlar tortiladigan qahvaxona bo‘ladi. Masjid xizmatlaridan bepul foydalanish mumkin bo‘ladi: saytda ariza qoldirish kifoya, shunda masjid ko‘rsatilgan joyga yetib keladi.
Izoh (0)