Olimlar smartfon va internet aloqasidan foydalangan holda 45 daqiqa ichida saraton xastaligini yoki odam papilloma virusini diagnostika qiluvchi maxsus qurilmani yaratdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qurilma smartfon kamerasiga o‘rnatiladigan plastik konstruksiyadan iborat. U yorug‘lik manbasi, mitti linzalar va bemor to‘qimasi hujayralari namunasi kiritiladigan joydan tashkil topgan. Ushbu skaner odam to‘qimalari namunasini yoritib, uni suratga tushiradi va maxsus serverga yuboradi, u yerda keyingi ishlov berishlar amalga oshiriladi.
Tadqiq etilayotgan namunada saraton hujayralari yoki odam papilloma virusi izlarini aniqlaydigan diagnostika 45 daqiqa davom etadi, uning narxi esa 1,80 dollarni tashkil etadi.
Tadqiqotchilar o‘z ixtirosini sinab ko‘rib, uning sezuvchanligi 100 foizni, aniqlik darajasi 92 foizni tashkil etishini ta’kidladi.
Izoh (0)