Buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari mamlakat havo kenglikariga kirib kelgani qayd etilgan Rossiya bombardimonchi samolyotlarini tutish maqsadida zudlik bilan havoga ko‘tarildi. Bu haqda, Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya samolyoti Buyuk Britaniya manfaatlari hududida Qirollik harbiy-havo kuchlari tomonidan kuzatib borildi”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Yanvar oyida Britaniya nashrlari Bornmutdan janubda osmonda Rossiya harbiy-havo kuchlarining ikki bombardimonchi samolyoti ko‘ringani haqida xabar berishgan edi.
O‘shanda shoshilinch ravishda Britaniya harbiy havo kuchlarining Typhoon samolyotlari havoga ko‘tarilgan va rus samolyotlarini chegara qadar kuzatib qo‘ygandi.
Izoh (0)