Kiyevlik ikki yoshli Nikita Bisyuk g‘ildirakli konkida bir kilometr masofadagi poygada ishtirok etadi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Ukraina Milliy rekordlarini qayd etish idorasi spikeri so‘zlariga ko‘ra, bunday rekord birinchi marta kuzatiladi. “Nikita — Ukrainadagi eng yosh spidskeyter”, — dedi u.
Onasi aytishicha, Nikitaning oyoqlari juda kichik bo‘lganligidan g‘ildirakli konkini chet eldan buyurtma orqali yasattirib yuborishgan.
Bolakayning onasi u konkida ikki kilometrdan ortiq masofani ham bosib o‘ta olishini ta’kidladi.
Izoh (0)