Rim papasi Fransiskning iPad’i Urugvaydagi kimoshdi savdosida sotildi, deya xabar bermoqda Meduza.
“Muqaddas janoblari Fransisk” yozuvi tushirilgan planshetni xaridor 30,5 ming dollarga sotib oldi. Pul Montevideodan 370 kilometr narida joylashgan maktabga topshiriladi.
Avvalroq Papa Fransisk o‘z iPad’ini urugvaylik ruhoniy Gonsalo Ayemilyusga bergan va “Bundan yaxshi ish uchun foydalanishingiz mumkin”, — degan edi. U o‘z navbatida, planshetni maktabga bergan, uning rahbariyati Christie’s yoki Sotheby’s kabi yirik auksionda sotishga harakat qildi. Kimoshdi savdo uylari bilan kelishib bo‘lmagach, iPad Montevideoda sotuvga qo‘yildi.
Izoh (0)