Yer sayyorasiga 40 metrli asteroid yaqinlashib kelmoqda, deb yozadi “Ntv.ru”. Uning zarbi vayronkorlik kuchi bo‘yicha Chelyabinsk meteoriti zarbasidan ancha oshadi.
AQShning Texas universiteti qoshidagi Makdonald observatoriyasidan doktor Judit Ris aytishicha, halokatli to‘qnashuv 2017-yil oktabrida sodir bo‘lishi mumkin.
Olimlar 2012 TC4 nomi ostidagi ushbu obyekt hajmini taxminan 40 metr deb baholamoqda, bu Ozodlik haykalining pyedestaldan tepa qismi uzunligiga tengdir. Taqqoslash uchun, taniqli Chelyabinsk meteoriti diametri 17 metrni tashkil etgan, uning zarbasidan 1,5 ming kishi zarar ko‘rgan.
Doktor Ris va uning hamkasblari asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimolini “millionga bir” deb baholamoqda.
Izoh (0)