Parij sudi Nina Ricci modalar uyi merosxo‘ri Arlet Richchi soliqlarni to‘lamagani va noqonuniy daromadlarni rasmiylashtirgani uchun bir yillik qamoq va 1 million yevro jarimaga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Sudda ishni ko‘rish orqali Richchi Panamada ochilgan hisoblari va ofshor kompaniyalardan foydalangan holda Shveysariyadagi HSBC bankida 22 million yevro mablag‘ni yashirgani aniqlandi.
Jarima va qamoq muddatidan tashqari, modalar uyi asoschisining 73 yoshli qiziga tegishli qiymati taxminan 4 million yevroga teng ikkita ko‘chmas mulk obyekti musodara qilinadi.
Sud shuningdek, Arlet Richchi Fransiya g‘aznasiga to‘lanmay qolgan bir necha million yevroni qaytarishi haqida hukm chiqardi.
Izoh (0)