Frankofoniya debatlar federatsiyasi (FDF) Napoleon Bonapart ustidan sud jarayoni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida e’lon qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
FDF fikricha, shu tariqa 1815-yilda Napoleon Birinchiga nisbatan amalga oshirilgan adolatsizlik to‘g‘rilanadi. O‘shanda Vaterloo yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchragach, imperator sudsiz va tergovsiz Avliyo Yelena oroliga surgun qilingan edi.
“Bonapart ustidan sud” 21-mayga belgilangan. Jarayonga tashkilotchilar eng yaxshi notiqlarni taklif qilmoqchi. G‘olib Il-d’Eks oroliga to‘rt kunlik safarga yuboriladi, aynan o‘sha yerda Napoleon I Avliyo Yelena oroliga jo‘nashdan avval fransuz yeridagi so‘nggi haftasini o‘tkazgan edi.
Frankofoniya debat federatsiyasi butun dunyo bo‘ylab joylashgan bahs-munozara klublari tarmog‘idir. U Fransiya hukumati ko‘magi ostida faoliyat yuritib, o‘z ishiga oliy o‘quv yurtlari professorlari, jurnalistlar, tarixchilarni jalb etadi.
Izoh (0)