12-aprel, Pasxa kuni Ukraina Qurolli kuchlarining uch nafar harbiy xizmatchisi o‘z joniga qasd qilib, halok bo‘ldi. Bu haqda, huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib, “UNN” xabar bermoqda.
Xususan, Donetsk viloyati Artyomovsk tumani Zaytsevo shaharchasi yaqinida B2278-harbiy qism askari “AKS-74” avtomati bilan o‘z iyagiga qarata o‘t ochgan. Shuningdek, Lvovdagi A0284-harbiy qism jangchisi o‘z uyida vena qon tomirini kesib tashlagan.
Bundan tashqari, Donetsk viloyatidagi Volnovaxa shaharchasida B1688-harbiy qism askari o‘zini granata bilan portlatib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni Donetsk viloyati Antonovka qishlog‘i yaqinidagi daryoda Ukraina Qurolli kuchlari 28-mexanizatsiyalashgan brigadasining 48 yoshli harbiy xizmatchisi o‘z joniga qasd qilgandi.
Izoh (0)