AQSh Xitoyga chet elga qochib ketgan poraxo‘rlarni qidirish bo‘yicha kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Bu haqda Xitoy va Amerika xavfsizlik xizmatlari vakillari uchrashuvi natijalari bo‘yicha “Sinxua” agentligiga xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Uchrashuvda har ikkala tomon qidiruv e’lon qilingan shaxslarga boshpana bermaslikka kelishib oldi. AQSh poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan va xorijga qochib ketgan shaxslarni qidirib topib, ularning aktivlarini qaytarishga qaratilgan “Toza osmon” va “Tulki ovi” dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
XXR hukumati AQShga bunday xitoylik amaldorlar ro‘yxatini taqdim etdi. Xitoy tomoni ma’lumotiga ko‘ra, AQShda jon saqlayotgan “iqtisodiy qochoq”lar soni 150 dan oshadi.
Izoh (0)