Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR yetakchisi Kim Chen In Yaponiyada yashovchi Koreya fuqarolari ligasi (Chxonryon) ta’lim jamg’armasiga 238,04 million yen (taxminan 2 million dollar) yo‘naltirdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Foto: businessinsider.com

Foto: businessinsider.com

Kim Ir Sen tavalludining 103 yilligiga (15-aprel) bag‘ishlangan ushbu tadbir “Yaponiyadagi koreyalik bolalarning demokratik milliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”.

Koreya Markaziy telegraf agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR rahbarlarining navbatdagi to‘lovi tashkilot ochilganidan buyon hisob bo‘yicha 161-sidir. An’anaga ko‘ra, mablag‘ KXDRda “Quyosh kuni” milliy bayrami nishonlanadigan 15-aprel sanasi arafasida ko‘chiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?