Venesuela prezidenti va uning rafiqasi Panamadagi Amerikalar sammitiga o‘z qiyofadoshlari bilan keldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” CNN’ga tayanib.
CNN internetga bu haqda videorolik joylashtirgan bo‘lib, unda Maduro va rafiqasi Siliya Floresning qiyofadoshlari 11-aprel, shanba kuni “Sheraton” mehmonxonasini tark etib, forum bo‘lib o‘tadigan Qurultoylar saroyiga yo‘l olgani muhrlangan. Haqiqiy prezident esa, jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, sammitga Venesuela delegatsiyasi mashinasida yetib borgan. Video mualliflari aniqlik kiritishicha, bu OAV vakillari bilan muloqotdan qochish maqsadida tashkillashtirilgan.
Amerika davlatlarining 33 nafar yetakchisi qatnashgan Amerikalar sammiti davomida Panama poytaxti hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Maduro avvalroq bir necha marta unga qarshi fitnalar haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)