Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Malayziyalik kriminalistika mutaxassislari Boeing-777 halokatga uchragan joyda qolgan ashyoviy dalillarni iloji boricha ko‘proq yig‘ib olish maqsadida Donetskda “kamida 2—3 hafta” qolmoqchi. Bu haqda “Donetsk xalq respublikasi”ga yetib kelgan malayziyalik ekspertlar guruhi rahbari Husayn Umar Xonga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Arxiv. Foto: “TASS”

Arxiv. Foto: “TASS”

Malayziya vakili aytishicha, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar jumlasiga halokat qurbonlari murdalarini, shuningdek hodisa bilan bog‘liq ashyoviy dalillarni topish kiradi. Ushbu operatsiyada Niderlandiya va Ukraina mutaxassislari ham qatnashadi.

O‘z navbatida DXR Xalq Kengashi vitse-spikeri Denis Pushilin DXR hukumati malayziyalik ekspertlar niyatidan boxabar ekanligi va ularni barcha zarur narsalar bilan ta’minlashga harakat qilishini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi