Futbolchi Devid Bekxem to‘ng‘ich o‘g‘li 16 yoshli Bruklinning shaxsiy hayotiga oid ba’zi sirlar bilan bo‘lishdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Ma’lum bo‘lishicha, Bruklinning birinchi uchrashuvi bir yarim yil avval sevishganlar kunida bo‘lib o‘tgan. Viktoriya Bekxem o‘g‘li uchun shunchalik xavotirlanganki, Deviddan o‘g‘liga ayg‘oqchilik qilishni so‘ragan.
Natijada Devid o‘g‘lining uchrashuvi bo‘layotgan restoranga kirib, ulardan besh stol narida o‘tirgan.
Nashr ta’kidlashicha, futbolchi nafaqat o‘g‘illari, balki qizi Xarper hayotida ham faol ishtirok etadi: u bilan sayrga chiqadi, do‘kon aylanadi va uni mashg‘ulotlarga olib boradi.
Izoh (0)