Ayni paytda Yaponiyada bo‘lgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Xabarga ilova qilingan suratda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning ovoz berish jarayoni aks etgan.
Izoh (0)