1—9-aprel kunlari Toshkentda o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Anons.uz”. Unda qatnashish uchun dunyoning 151 mamlakati ariza berdi.
Chempionatda ishtirok etish uchun Toshkentga Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov yetib keldi. U majmua va sport maydonlarini musobaqalarga tayyorlash, xodimlar va sportchilar uchun sharoitlar yaratishning borishi bilan tanishdi.
Qilichbozlik bo‘yicha chempionat ertaga — 1-aprel kuni ertalab saralash musobaqalari bilan boshlanadi. Rasmiy ochilish marosimi esa 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)