O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 3-martdagi qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Fayzullayev Alisher Nasibullayevich vazirning birinchi o‘rinbosari etib, A’lamov Umidjon Baxtiyarovich, Djurayev Ibrohim Djurayevich va Sangilov Mirodil Mirzailevich vazir o‘rinbosarlari etib, Kim Nam Sok vazir o‘rinbosari – AKT bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 4-fevraldagi qarori bilan O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan edi
Izoh (0)