2-mart kuni poytaxtda Ukrainaning MAU aviakompaniyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Anons.uz”. Aslida aviatashuvchi Kiyev—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni avvalroq boshlab, shu paytga qadar 100 ta parvozni amalga oshirishga ulgurdi. Shu kuni esa kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rasman ochildi.
Kiyev—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha va ortga parvozlar “Boing-767” laynerlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Mutaxassislar fikricha, ikkala poytaxtni bog‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish biznes-aloqalarni rivojlantirib, turizm sohasidagi hamkorlikka turtki beradi.