Avval xabar berganimizdek, 2015-yil 2-mart kuni soat 7:00 atrofida Zangiota tumanida yashovchi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi suxandoni Rahmatilla Mirzayevning murdasi o‘z yashash uyida qotillik alomatlari bilan topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, Toshkent viloyat prokuraturasi va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida mazkur qotillik issiq izlaridan fosh etilib, jinoyatni Q. Shoazizov sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olindi.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)