“Rossiya 1” telekanali 4-mart kuni o‘z efirida qisman Buxoroda suratga olingan “Temurlang. Dashtlar me’mori” hujjatli filmini namoyish etadi, deya xabar bermoqda “Vostochniy ekspress” nashri.
Oleg Hafizov (muallif) va Roman Shmidt (rejissor) filmi Moskva vaqti bilan 9:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) da efirga chiqadi. Ayni paytda loyihaning kanal rasmiy saytiga joylangan treylerini tomosha qilish mumkin.