Ba’zi film va seriallar qayta-qayta tomosha qilinadi, chunki ularda mayda-chuyda detallar ham puxta o‘ylangan. Ko‘plab loyihalar mualliflari go‘yo ularga butun qalb-qo‘rini baxshida etgandek, hatto o‘ninchi marta ko‘rganda ham qiziqarli ishoralar va yashirin ma’nolarni topish mumkin.
“Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Seyranning to‘y liboslari uning ruhiy holati va Feritga nisbatan tuyg‘ularini aks ettiradi
Ba’zi internet foydalanuvchilarining fikricha, Seyranning uchta kelinlik libosining mutlaqo boshqa-boshqa uslubda tanlanishi bejiz emas. Birinchi ko‘ylak yopiq va kamtarona bo‘lib, bo‘ynidagi naqshlar kishanni eslatadi, chunki qizni majburan turmushga berishmoqda. Ikkinchi to‘y libosi ochiqroq va yorqinroq. Bu safar u Feritga o‘z xohishi bilan turmushga chiqmoqda va buni qarindoshlarining irodasiga qarshi norozilik ifodasi sifatida tushunish mumkin.
Serial yakunida Seyranning uchinchi libosi oddiy va nozik — bu bosh qahramonlar nihoyat munosabatlarida uyg‘unlik va sokin baxtga erishganining ramzidir.
“Lilo va Stich” multfilmidagi opa-singillar yashaydigan uyning interyeri ularning ota-onalari kim bo‘lgani haqida ishora beradi
“Lilo va Stich” filmi ijodkorlari Lilo va Nanining ota-onasi olimlar, aniqrog‘i dengiz biologi va botanik bo‘lgani haqida uy jihozlari orqali ishora bergan. Uyda ko‘plab kitoblar, sho‘ng‘ish uskunalari osig‘liq turadi, shuningdek, orqa planda baliqlar tasvirlangan rasmlar, dengiz mavzusidagi haykalchalar va o‘yinchoqlar ko‘zga tashlanadi.
“Nanining bu narsalarni tashlab yoki tarqatib yuborishga o‘zini majbur qila olmasdi. Uydagi tartibsizlik, aslida ota-onasi ketgan kundagidek saqlanib qolgan”, deya tushuntiradi badiiy rahbar Todd Chernyavski.
“Moddiyunchi” filmida Kris Evans ijro etgan personaj o‘ynaydigan pyesa aslida hayotda mavjud
“Materialistka” filmida rejissor Selin Song bosh qahramonni tasvirlashda o‘zining sovchilik tajribasiga tayangan, chunki u ilgari shu sohada ishlagan. Selin Dakota Jonson ijro etgan bosh qahramon kabi sevgi va munosabatlarni juda yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari, syujetga ko‘ra Jon ishtirok etadigan pyesa haqiqatan ham mavjud. Uni Selin Song dramaturg bo‘lib ishlaganida yozgan. Kris Evans o‘qiyotgan monolog aynan shu haqiqiy pyesaning satrlaridan iborat. Jon, Lyusi va Garri spektakl tugagach ko‘chada turganlarida, ularning orqasida rejissyorning ismi yozilgan afishani ko‘rish mumkin.
“Taxtlar o‘yini” serialida Deyenerisning xarakteri o‘zgarishi bilan uning soch turmagi ham o‘zgarib boradi
Ekranda birinchi bor Deynerisning sochlari yoyilgan holda ko‘rinadi. O‘sha paytda u akasining siyosiy o‘yinlari qurboniga aylangan ma’sum, qalbi pok qiz edi. Drogoga turmushga chiqqach, qahramon asta-sekin o‘zgaradi. Uning erining xalqi dushmanlari ustidan qozongan har bir g‘alabasini nishonlab sochlarini o‘rardi va Deyneris ham bu odatni o‘zlashtiradi.
Keyingi mavsumlarda qizning sochlaridagi kokillar soni tobora ortib borayotganini kuzatamiz. U malika va jangchiga aylanadi, uning hukmronligi qurbonlari soni esa faqat ko‘payib boradi. So‘nggi mavsumda Ajdaholar onasining boshini ko‘plab murakkab soch o‘rimlari bezaydi — bular uning g‘alabalarini, binobarin, qurbonlar sonini ham anglatadi. Chamasi, serial ijodkorlari qahramonning yuragi qanchalik toshga aylanganiga ishora qilmoqchi bo‘lishgan, zero u oxir-oqibat shafqatsiz zolimga aylanadi.
Izoh (0)