Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida davlat xizmatchilari o‘tirgan avtobus ag‘darilib ketdi, natijada yetti kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” xabar bermoqda.
Avtobus yo‘lovchilarining barchasi davlat xizmatchilari bo‘lgan va Linyi shahar okrugi sayyohlik ma’muriyatida ishlagan.
Avtohalokat natijasida uch kishi voqea joyida, qolgan to‘rt kishi kasalxonada vafot etgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)