Kolumbiyaning FARK qo‘zg‘olonchilar guruhi Koinot go‘zali tanlovi g‘olibasi Paulina Vegani hukumat bilan muzokaralar olib borishda yordam berishga chaqirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Internetga joylagan bayonotida qo‘zg‘olonchilar uning o‘zi tanlovda g‘oliblik uchun kurash chog‘ida bunday imkoniyatni tilga olganini ta’kidladi.
Ular Veganing aynan qanday yo‘l bilan muzokaralar jarayoniga yordam berishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan. Ushbu jarayon ikki yildan buyon davom etmoqda, hozirgacha bor-yo‘g‘i bir nechta bandlarni kelishishga muvaffaq bo‘lishgan, va muzokaralar yakunlanishiga ancha bor.
Paulina Vega taklifga javob berganicha yo‘q.
Izoh (0)