Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan San-Fransiskodagi kasalxonalardan biriga 75 million dollar xayriya qildi. Bu haqda “Rossiyskiy dialog” nashri xabar berdi.
Sukerberg xayriya qilgan mablag‘ 1994-yilda ochilgan kasalxona tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Tibbiy muassasa bayonotida aytilishicha, bu pullar yangi jonlantirish bo‘limi va travmatologiya markazi qurishga sarflanadi.
Izoh (0)