Meksikada krematoriyning buzilgan binosida noma’lum shaxslarga tegishli 61 ta jasad topildi, deya xabar bermoqda “RIA Svejiy Veter”.
Jasadlar Gerrero shtatining Akapulko shahrida aniqlandi. Aynan shu shtatda to‘rt oycha avval 43 nafar talaba yo‘qolgan edi. Keyinroq ularning jinoiy guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilib, o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Hukumat ta’kidlashicha, topilmalar talabalarning yo‘qolish ishi bilan bog‘liq emas. Biroq hodisa mamlakatda keng ta’sirga ega bo‘ldi. Gerrero shtati butun Meksikada guruh qotilliklari tez-tez sodir bo‘lib turishi bilan nom chiqargan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Akapulkoda topilgan murdalarda zo‘ravonlik izlari mavjud emas. Topilmalar ekspertiza o‘tkazish uchun kriminalistika institutiga yetkazildi.
Izoh (0)