Avstraliya sharqida, Brisbendan 187 kilometr uzoqlikda joylashgan Ballin shahri yaqinidagi sayyohlar uchun ommabop Shelli plyajida akula hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Biz bu yigitni yaponiyalik deb o‘ylayapmiz, lekin tekshiruvni davom ettiryapmiz. Ertalab soat 09:45 (Toshkent vaqti bilan 03:45) atrofida u akula hujumi qurboniga aylandi”, − dedi inspektor.
Akula erkakning oyog‘idan tishlagan. Yon-atrfodagi odamlar unga akula changalidan qutulib, qirg‘oqqa chiqib olishiga yordam bergan, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan, biroq ko‘p qon yo‘qotganligi tufayli uning hayotini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.
Izoh (0)