Merkel xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida so‘zga chiqib, Moskvada Rossiya prezidenti bilan uchrashuvi haqida ilk izohlarini berib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan birga Moskvada o‘tkazgan muzokaralarimiz bizga muvaffaqiyat olib kelish-olib kelmasligini bilmayman”, — dedi kansler. Biroq u “bunga urinib ko‘rishlari kerak bo‘lgani”ni ta’kidladi.
Merkel o‘z nutqida G‘arb Yevropa xavfsizligini “Rossiyaga qarshi emas, Rossiya bilan birgalikda” qurishga intilayotganini qayd etdi, biroq Rossiya xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini hurmat qilishi kerak.
Kansler Ukrainadagi inqiroz harbiy yechimga ega emasligini, nizodagi tomonlar Minsk kelishuvlarini amalga oshirishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali nizolarga berham berish mumkin deb o‘ylamasligini ta’kidladi.
Izoh (0)