Kanada Oliy sudi evtanaziyaga yana ruxsat berdi, deb yozadi Euronews. Sud ta’kidlashicha, o‘lishni xohlaganlarga tibbiy ko‘mak berishning taqiqlanishi Kanada huquq va erkinlik xartiyasiga ziddir.
Shu bilan birga, sudyalar ushbu qarorning ijrosini bir yilga qoldirdi, bu bilan qonun chiqaruvchilarga qonunni o‘zgartirish uchun vaqt berdi.
Bunday tibbiy ko‘makni hayotni tark etish bo‘yicha xohishini aniq-ravshan ifoda etgan voyaga yetgan kishilar hamda og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklardan azob chekayotgan bemorlarga berishga ruxsat etiladi.
Izoh (0)