Osiyo Kubogi “C” guruhi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eron terma jamoasi Qatar ustidan kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini o‘zi uchun ijobiy hal qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvdagi yagona golga Eronning 19 yoshli futbolchisi Sardor Azmun 55-daqiqada mualliflik qilganini ham alohida ta’kidlash kerak. Bizning terma jamoada esa 23-24 yoshli “sardor”lar hali “yosh va tajribasiz” deb hisoblanib, zahirada o‘tirishadi.
O‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov bexato boshqarib borganini ham qo‘shimcha qilib o‘tish kerak.
Osiyo Kubogi−2015. “C” guruhi
Qatar - Eron 0:1
Gollar: S.Azmun 55
Qatar: Qosim Burhon, Muhammad Tiresor, Ali Al-Mahdiy Muxtor, Ibrohim Majid, Abdulkarim Hassan, Al-Sayyid, Hasan Al-Haydos, Karim Budiaf, Bualim Hafiy, Ismoil Muhammad, Muhammad Muntari.
Eron: Alirizo Hagigiy, Murtazo Puraliganji, Mehrdod Po‘lodiy, Jalol Hussayniy, Vuria G‘ofuriy, Andranik Teymuriyan, Javod Nekunam,Ehson Hojsafi, Mas’ud Shojai, Ashkan Dejaga, Sardor Azmun.
Izoh (0)