FIFA yillik taqdimot marosimi yakuniga yetdi. Marosim so‘ngida “Oltin to‘p” sohibi aniqlandi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu sovringa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Manuel Noyer da’vogarlik qilgan edi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2014-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
G‘olibga “Oltin to‘p”ni afsonaviy futbolchi Terri Anri topshirdi.
Izoh (0)