Tinib-tinchimagan odamlar eski-tuskilarga ham tinchlik berishmaydi. Yorqin misol – AQSHning Arizona shtatida joylashgan Pima Aviatsiya va kosmonavtika muzeyidir.
U AQSHdagi eng katta xususiy aviatsiya muzeyi hisoblanadi, o‘z navbatida, u jahondagi eng yirik aviatsiya muzeylaridan biri.
Muzeyda 300dan ortiq havo va kosmik kemalar bor.
Bu yerdagi eski samolyotlarga Erik Fayrstoun va Karlo Makkormik boshchiligidagi eng The Bone Yard Project guruhi a’zolari yangitdan hayot berishmoqda.
Ular samolyotlarga turli suratlarni tushirib, ularni san’at asarlariga aylantirishmoqda.
Ushbu ucholmaydigan, lekin endi san’at asariga aylangan havo kemalari ishtirokidagi ko‘rgazmalar allaqachon bir necha shaharlarda tashkil etildi.
Xo‘sh, shunday samolyotlar ko‘rgazmasi O‘zbekistonda tashkil etilsa, borarmidingiz?
Izoh (0)