Qrim Respublikasida tadbirkorlar va korxonalar rahbarlari Amerikaning Microsoft kompaniyasidan xat oldi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Unda Microsoft ulardan yarim orolning hududiy tegishliligi o‘zgarishi munosabati bilan o‘z mahsulotlarini qaytadan litsenziyalashni so‘ragan.
“Ukraina hududida sotib olingan dasturiy ta’minot Rossiya hududida qo‘llanila olmaydi”, — deyiladi korxonalarga jo‘natilgan maktubda.
Shu tariqa, Microsoft korporatsiyasi Qrimni Ukraina emas, Rossiya Federatsiyasi subyekti sifatida tan oldi.
Izoh (0)