Rossiyada operatsiya vaqtida selfiga tushgan hamshiraning shaxsi aniqlandi, deya xabar bermoqda Vesti.ru. U Nijniy Tagil shahridagi nufuzli xususiy klinikalardan birida ishlaydigan 36 yoshli Mariya ismli hamshira bo‘lib chiqdi.
Mariya selfilarini o‘z sahifasidan o‘chirib tashlagan bo‘lsa-da, blogerlar ularni o‘z manbalarida e’lon qilishga ulgurdi.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining mintaqaviy bo‘linmasida bu borada majlis o‘tkazilib, dastlabki tekshirish ishlari olib borildi.
Operatsiya qilinayotgan bemorlar fonida suratga tushish ularni tahqirlash deb baholanmoqda. Avvalroq shov-shuvga sabab bo‘lgan, jarrohlik stoli tepasida selfi olgan hamshiraning aynan kim ekanligi aniqlanganicha yo‘q, biroq uni topish payiga tushishdi. Ishga prokuratura ham jalb etildi.
Izoh (0)