AQShning Ogayo shtati Klivlend shahridagi xususiy uyda to‘rt kishi, shu jumladan homilador ayol otib o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” mahalliy politsiyaga tayanib.
Otishma natijasida ikki erkak va ikki ayol halok bo‘lgan, 10 yoshli qiz jarohat olgan. Ayni paytda qiz shifoxonaga yotqizilgan, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Xabar berilishicha, politsiyada gumonlanuvchilar yo‘q, jinoyat maqsadlari ham noma’lum. Hodisaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Izoh (0)