“Bo‘kib ichish”ga harakat qiladigan amerikaliklarning ko‘pchiligi aslida ichkilikboz emas. Bu haqda AQSh hukumati ma’ruzasida aytib o‘tiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
AQShda milliy so‘rov tashkil etilib, unga mamlakatning 138 mingdan ortiq voyaga yetgan fuqarolari jalb qilindi. So‘rov natijalari spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiluvchilarning har o‘n nafaridan to‘qqiz nafari ichkilikboz emasligini ko‘rsatdi.
AQShning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi bo‘yicha markazida maxsus dasturni olib borivchi shifokor Robert Bryuyerning aytishicha, ko‘pchilik kishilar alkogolni haddan ortiq iste’mol qilish va alkogolga qaram bo‘lib qolishni bir xil narsa deb hisoblaydi. “Biz ko‘p ichadigan, biroq alkogolga qaram bo‘lmagan odamlar uchun maxsus dastur ishlab chiqishimiz kerak”, — dedi u.
Spirtli ichimliklarni haddan ortiq miqdorda iste’mol qilishga AQSh sog‘liqni saqlash sohasida asosiy muammo sifatida qaraladi. U tufayli AQShda yiliga 88 mingta o‘lim sodir bo‘ladi.
Izoh (0)