Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 21-noyabr, juma kuni Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagi epidemiyasi tugaganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bezgak avjining tugaganini rasman e’lon qilish uchun mamlakatda ikki marta maksimal inkubatsiya davri o‘tkazilishi kerak. “42 kunlik epidemiya yakunlangach, Kongo Ebola yuqishidan xoli bo‘lgan mamlakatga aylandi”, — deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida.
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bezgagining avj olishi ilk bora avgust oxirida qayd etilgan. U yerda virusdan jami 49 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)