21-noyabr, juma kuni Ukraina Oliy radasida “Pyotr Poroshenko bloki”, “Xalq fronti”, Oleg Lyashkoning Radikal partiyasi, “O‘z-o‘ziga yordam” va “Batkivshchina” partiyalari vakillari koalitsiya shartnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ushbu partiyalar fraksiyalari tuzilib, yangi parlament birinchi majlisi o‘tkazilayotgan vaqtda koalitsiya bitimini rasmiy imzolash marosimi o‘tkaziladi.
Yangi Oliy Radaning birinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha guruh rahbari Vladimir Groysman aytishicha, koalitsiya shartnomasi Oliy Rada faoliyatining ilk kunlaridayoq hukumatning yangi tarkibini shakllantirish imkonini beradi.
“Xalq fronti” yetakchisi, Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ushbu bitim islohotlar o‘tkazish uchun bazaviy hujjat bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Oliy Radaning birinchi majlisi 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)