Kanada bosh vaziri Stiven Xarper Rossiya prezidenti Vladimir Putindan o‘z qo‘shinlarini Ukrainadan chiqarib ketishni talab qildi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida qatnashayotgan Putin va Xarper qisqacha suhbatlashdi. FoxNews xabariga ko‘ra, qo‘l berib ko‘rishish chog‘ida Xarper Rossiyaga “Ukrainani tark etish” talabini solgan.
Putinning matbuot kotibi Peskov aytishicha, Putin buni, afsuski, bajarib bo‘lmasligini, chunki u yerda rossiyaliklar yo‘qligini ta’kidlagan.
Izoh (0)