Rossiya Federatsiyasi Tiva Respublikasidagi Sukpas qishlog‘ida 12 yoshli Adiy Mongush ismli o‘spirin yonayotgan uydan uch nafar uka-singillarini qutqarib chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Uy deyarli to‘liq yonib ketdi, biroq o‘spirin sharofati bilan oilaning barcha a’zolari tirik qoldi.
Ko‘p farzandli oilaning ota-onasi uch oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘smir yigitga tashlab, uydan chiqib ketadi. Bolalar televizor ko‘rayotgan, Adiy uyni tozalayotgan vaqtida yong‘in boshlanadi. Yigitcha deraza oynasini stul bilan sindirib, dastlab uch oylik ukasini ko‘chaga olib chiqadi, uni yerga yotqizib, yana uyga qaytadi. Shu tariqa, o‘spirin o‘z uka-singillarini uydan olib chiqadi.
Adiy, yong‘inni ko‘rib uyga otilib kirgan otasini ham qutqarib qoldi: o‘spirin ukalarini uydan olib chiqqanini aytib, otani o‘tga o‘zini urishdan to‘xtatib qoldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika bo‘yicha bosh boshqarmasi yosh qutqaruvchini davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun hujjatlarni tayyorlamoqda.
Izoh (0)