Tojikistonda mamlakat shimolidagi So‘g‘d viloyatining strategik obyektlarida terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan terrorchilar, shu jumladan xudkushlar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri militsiya general-leytenenti Ramazon Rahimzodaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning aytishicha, viloyatning ba’zi hududlarida olib borilgan maxsus operatsiyalar chog‘ida Tojikistonning “O‘zbekiston islom harakati” guruhiga kiruvchi 20 nafar fuqarolari hibsga olingan. Ushbu tashkilot respublikada va qator xorijiy davlatlarda terroristik tashkilot deb tan olingan. Vazir tintuv vaqtida qo‘lga olinganlarning ba’zilarida “shahidlar belbog‘i”, portlovchi moddalar, detonatorlar va aqidaparastlik adabiyotlari topilganini aytdi.
Izoh (0)