BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) mamlakatlari yetakchilari G20 sammiti davomida uchrashuv o‘tkazdi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi islohotlarining bajarilmagani yuzasidan afsus bildirdi. Bu haqda Interfax xabar bermoqda.
Uchrashuvda Brisbenga “katta yigirmalik” sammiti uchun kelgan Vladimir Putin ham ishtirok etdi.
BRICS davlatlari rahbarlari islohotlar ratifikatsiyasining kechiktirilishi “yigirmalik guruhi” yetakchilarining 2009-yilgi majburiyatlariga zid kelishini aytdi. Sammit chog‘ida BRICS mamlakatlari Xalqaro valyuta jamg‘armasini isloh qilish bo‘yicha muqobil yechimlar taklif qilmoqchi.
Bundan tashqari, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika rahbarlari Yangi taraqqiyot banki ishini muhokama qilib, mamlakatlar moliya vazirlariga Bank raisi va uning o‘rinbosarini BRICS’ning keyingi sammitigacha tayinlashni topshirdi. U 2015-yilning 8—9-iyulida Ufa (Rossiya)da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)