Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Lids shahar boshqarmasi binosidan chiqayotganida yosh yigit hamlasiga uchradi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Begona yigit Kemeron qarshisiga yugurib kelib, uni itarib yubordi.
Britaniya bosh vazirining qo‘riqchilari yigitni ushlab olib, yerga yotqizdi. Shundan so‘ng 28 yoshli yigitni politsiya hibsga oldi, biroq ko‘p o‘tmay qo‘yib yubordi.
Devid Kemeron Angliyaning Yorkshir grafligidagi Lids shahriga transport masalalari bo‘yicha tashrif buyurgan edi.
Izoh (0)