Qozog‘iston Ukrainaga iqtisodiy va gumanitar yordam berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb yozadi Korrespondent.net Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
“Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning joriy yil 26-avgustida Bojxona Ittifoqi—Ukraina—Yevropa Ittifoqi formatidagi Minsk sammitida bergan bayonotiga muvofiq, ayni paytda Ukrainaga iqtisodiy va gumanitar yordam berish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi idora xabarida.
Ta’kidlanishicha, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Qozog‘isotn 40 ming dollar mablag‘ ajratgan. U Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasiga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)