Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira Ispaniya chempionatining 8-turida “Eybar”ga qarshi uchrashuv oldidan ma’lum muddat “Barselona” zaxira o‘rindig‘ida bo‘ldi, deya xabar beradi Stadion.uz El Mundo Deportivo’ga tayanib.
Shakira jamoa bo‘lib suratga tushish oldidan turmush o‘rtog‘i Jerar Pikega bir yarim yasharlik o‘g‘li Milanni berdi. O‘yin boshlanishi oldidan zaxira o‘rindig‘ini tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” — “Eybar” uchrashuvi 3:0 hisobidagi kataloniyaliklarning yirik g‘alabasi bilan tugadi. “Eybar”ga qarshi kechgan mazkur bahsda Messi Ispaniya chempionatida 250-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)