Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida o‘tkazilayotgan dzyudo kurashi bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirda 60 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Diyorbek O‘rozboyev ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda Olamsport.com.
U dastlab vengriyalik Larjio Burjanni, so‘ngra mo‘g‘ulistonlik Xerlen Ganbolddan ustun ekanligini isbotladi. Yarim finalda O‘rozboyev qozog‘istonlik Gumar Qirg‘izboyevni mag‘lub etdi va finalga chiqdi.
Mo‘g‘ulistonlik Amartuvshin Dashdavaaga qarshi o‘tgan finalda Diyorbek raqibiga yutqazib qo‘ydi va kumush medaliga ega bo‘ldi.
Izoh (0)