Microsoft o‘zining 15 yillik MSN Messenger hamda Windows Live Messenger deya nomlanadigan lahzali xabar almashish xizmati faoliyatini to‘xtatayotgani sababli, kompaniya Twitter’dagi @messenger akkauntini Facebook’ka sovg‘a qiladi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Tvitter'da MSN Messenger endilikda Skype kompaniyasining bir qismi ekanligi va @messenger akkaunti 30-sentabrdan Facebook’ka taqdim etilishi haqida so‘z boradi.
https://twitter.com/Messenger/status/509536926827700224
Eslatib o‘tamiz, @messenger akkauntining 29 200 nafar, @facebook akkauntining esa deyarli 13 900 000 nafar Follower’i bor. Hozircha, Facebook ushbu akkauntdan nima maqsadda foydalanishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)