Olimlar xalqaro guruhi g‘aroyib tajriba o‘tkazdi. Hindistondagi kishi miyasidan Fransiyadagi boshqa bir kishi miyasiga xabar yuborildi. Bu haqda Segodnya.ua xabar berdi.
Olimlar so‘zlariga ko‘ra, miya to‘lqinlarini “o‘qish” usuli ma’lumotlarni uzoq masofalarga yuborish imkonini beradi.
Tajribada tadqiqotchilar ensefalografdan foydalandi. U miya neyronlari faolligini yozib olib, og‘zaki “Salom!” va “Xayr!” so‘zlarini ikkilik kodiga aylantirdi.
Elektroensefalogammalar yozib olish texnologiyasi yordamida olimlar inson miyasidagi elektr toklarini fikrlar bilan taqqoslashga muvaffaq bo‘ldi. Miyadan-miyaga fikr yuborish tizimi Barselona universiteti va Garvard tibbiyot maktabi tomonidan ishlab chiqildi.
Tadqiqotchilar fikricha, bunday texnologiya kelajakda inson miyasiga har qanday elektron uskuna bilan ulanish imkonini beradi.
Izoh (0)