Niderlandiya Xavfsizlik kengashining dastlabki ma’ruzasiga ko‘ra, Malayziya “Boing”ining Ukraina hududida halokatga uchrashiga “tashqi ta’sir natijasida yuzaga kelgan tuzilmaviy yemirilish” sabab bo‘lgan. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.
Taqiqot yakunlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 18:20 gacha parvoz odatiy rejimda o‘tgan. Uchuvchilarning suhbatlari hech qanday texnik nosozlik yuzaga kelmaganidan darak beradi. Hujjatda ta’kidlanishicha, “samolyot siniqlarining sochilib ketish xususiyati uning havoda parchalanganini ko‘rsatadi”.
“Boing” halokati haqidagi ma’ruza tadqiqotda qatnashayotgan mamlakatlar, jumladan Ukraina va Rossiyaga ham yuborildi. Hujjatning yakuniy talqini halokatdan keyingi bir yil ichida e’lon qilinadi. Mamlakat hukumati halokatning yakuniy sabablarini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchib ketayotgan “Boing-777” layneri Ukrainaning Donetsk viloyatida qulagan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishi, jumladan 85 bola va 15 nafar ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)